Men Haqimda

Assalomu alaykum hammaga. Mening ismim Shavkat Toshpulotov. Web Dasturchiman. Ushbu sayt mening Portfolio hamda Blog saytim hisoblanadi. Siz bu yerdan mening ishlarimdan namunalarni ko'rishingiz mumkin →

EldasDEV Web Site Yaratuvchi

Men shu kungacha ko'plab loyihalar ustida ishlaganman va tajriba oshirganman. Mening ishlarimdan ko'proq Portfolio va Projects sahifalari orqali tanishishingiz mumkin bo'ladi. Hozirgi kunda yangi loyiha ustida ish olib bormoqdaman va ushbu loyiha keyinchalik batafsil ma'lumotlarni qoldirishim mumkin. Ammo shuni unutmangki, men o'zim yaratayotgan loyihalarim haqida hech kimga to'liq ma'lumot bermayman. Ko'proq loyiha yakuniga yetganidan keyin...

Ko'p qirrali dasturchi bo'lish mening orzum

Men kelajakda o'z ishining ustasi hamda ko'p qirrali dasturchi bo'lishga harakat qilmoqdaman. Jumladan, men hozirgi kunda Web Backend Development hamda Mobile App Development sohalarini o'rganishni boshlamoqdaman

Men web dasturchiman

Men nimada kuchliman

Salom do'stlar ☻. Men bu yerda o'zimning qo'limdan keladigan ishlarim hamda xizmatlarim haqida ma'lumot berib o'tganman. Albatta, buni o'qib chiqishingizni maslahat bergan bo'lardim. Chunki sizdagi ishonch menga kuch bag'ishlaydi ☺

HTML 5, CSS 3 va JS

Men asosan saytlarimning Frontend qismini yuqorida aytib o'tgan tillarimdan foydalanib yozaman. Albatta men ularning o'zi bilan cheklanib qolmasdan ko'p hollardan ulaning kutubxonalari hamda freymworklaridan foydalanaman (Misol uchun, Bootstrap, Semantic-UI, JQuery va boshqalar). Bundan tashqari, hozirgi kunda Backend Dasturlashni ham o'rganyapman.

Kreativ Fikrlash

Sayt yaratish jarayonida asosan men kreativ fikrlashga harakat qilaman. Chunki siz kreativ (ijodkorona) fikrlash orqali ko'plab muammolarga qiynalmasdan hamda ortiqcha asabiylashmasdan yechim topa olishingiz mumkin bo'ladi. Qo'shimchasiga sizni xursand qiladigan yangilikka ham ega bo'lishingiz mumkin. Bu esa, o'z navbatida sizning yutug'ingizdir.

Oson Sozlash

Ishalash jarayonida asosan kam kod (dastur) yozish orqali ko'proq natijaga erishishga harakat qilaman. Sababi, ko'p dastur yozish, birinchidan, o'zingizning vaqtiningiz ketgani, ortiqcha asabiylashishga olib kelishi mumkin. Bundan har bir yozilgan ortiqcha kod sizning loyihangiz tugallanishini kechiktirishi mumkin. Iloji boricha fikringizni natijaga qarating.

Qulay ish muhiti

Har bir dasturchi u qaysi yo'nalishda bo'lishidan qat'iy nazar o'zi uchun qulay ish muhiti (Inglizchada - Workspace) yarata olishi kerak. Bu sizga har qachon har qanday holatda yetakchilik sizda bo'lishini ta'minlaydi. Shunchaki yaxshi kompyuter, tezkor va cheksiz Internet sizning dasturlash bo'yicha har qanday muammoyingizni hal qiladi.

Portfolio

Salom qadrli do'stlar saytimning bu qismida mening eng yaxshi ishlarim natishishingiz mumkin. Hozircha barcha proyektlarim Web Frontend Development bo'yicha. Keyinchalik dasturlashning boshqa sohalari bo'yicha ham o'z ishlarimdan namunalarni ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Hozircha shular ☻. Ko'proq Portfolio sahifasida. Live tugmachasini chertish orqali siz Portfolio sahifamni ko'rishingiz mumkin
KitabEDU Platformasi

KitabEDU Platformasi

KitabEDU Ta'lim Platformasi Live
EldasDEVning boshqa Portfolio sayti

EldasDEV Portfolio

EldasDEVning Portfoliolaridan yana biri Live
Bo'lajak dasturchilar uchun elektron lug'at web dasturim

Onlayn Lug'at

Siz uchun yaratilgan elektron lug'at Live
JavaScript Animation Tutorial

JavaScript Animatsiya

JavaScript Animation Tutorial Live
Get Our App Landing Page

Get Our App

Get Our App Landing Page Live
Origin Landing Page

Origin

Origin Landing Page Live

Bog'lanish

Salom. Sizda men uchun biror savol, fikr yoki taklif bormi? Unda bog'laning. Menga qo'ng'iroq qiling, pochtamga xabaringizni yo'llang yoki Telegram orqali aloqaga chiqing