Men shu kungacha ko'plab loyihalar ustida ishlaganman va tajriba oshirganman. Mening ishlarimdan ko'proq Portfolio va Projects sahifalari orqali tanishishingiz mumkin bo'ladi. Hozirgi kunda yangi loyiha ustida ish olib bormoqdaman va ushbu loyiha keyinchalik batafsil ma'lumotlarni qoldirishim mumkin. Ammo shuni unutmangki, men o'zim yaratayotgan loyihalarim haqida hech kimga to'liq ma'lumot bermayman. Ko'proq loyiha yakuniga yetganidan keyin...
Men kelajakda o'z ishining ustasi hamda ko'p qirrali dasturchi bo'lishga harakat qilmoqdaman. Jumladan, men hozirgi kunda Web Backend Development hamda Mobile App Development sohalarini o'rganishni boshlamoqdaman
Men asosan saytlarimning Frontend qismini yuqorida aytib o'tgan tillarimdan foydalanib yozaman. Albatta men ularning o'zi bilan cheklanib qolmasdan ko'p hollardan ulaning kutubxonalari hamda freymworklaridan foydalanaman (Misol uchun, Bootstrap, Semantic-UI, JQuery va boshqalar). Bundan tashqari, hozirgi kunda Backend Dasturlashni ham o'rganyapman.
Sayt yaratish jarayonida asosan men kreativ fikrlashga harakat qilaman. Chunki siz kreativ (ijodkorona) fikrlash orqali ko'plab muammolarga qiynalmasdan hamda ortiqcha asabiylashmasdan yechim topa olishingiz mumkin bo'ladi. Qo'shimchasiga sizni xursand qiladigan yangilikka ham ega bo'lishingiz mumkin. Bu esa, o'z navbatida sizning yutug'ingizdir.
Ishalash jarayonida asosan kam kod (dastur) yozish orqali ko'proq natijaga erishishga harakat qilaman. Sababi, ko'p dastur yozish, birinchidan, o'zingizning vaqtiningiz ketgani, ortiqcha asabiylashishga olib kelishi mumkin. Bundan har bir yozilgan ortiqcha kod sizning loyihangiz tugallanishini kechiktirishi mumkin. Iloji boricha fikringizni natijaga qarating.
Har bir dasturchi u qaysi yo'nalishda bo'lishidan qat'iy nazar o'zi uchun qulay ish muhiti (Inglizchada - Workspace) yarata olishi kerak. Bu sizga har qachon har qanday holatda yetakchilik sizda bo'lishini ta'minlaydi. Shunchaki yaxshi kompyuter, tezkor va cheksiz Internet sizning dasturlash bo'yicha har qanday muammoyingizni hal qiladi.
Live
tugmachasini chertish orqali siz Portfolio sahifamni ko'rishingiz mumkin